Jizzax politexnika instituti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Xazratkulov Maxsud Alikulovichga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
M.Xazratkulovning 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Aralash tarkibli pishitilgan iplar asosida resurstejamkor kostyumbop matolar loyihalash” mavzusidagi yozgan ilmiy ishi doirasida olingan natijalar ilmiy tadqiqotlar rivojiga, shuningdek, metrologiya va to‘qimachilik materiallari texnologiyasi yo‘nalishlaridagi ilmiy-amaliy ishlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi Xazratkulov Maxsud Alikulovichni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.