Aniq vaqt

O’zbekiston milliy metrologiya instituti ilmiy izlanuvchilari va mutaxassislari uchun «Patent-axborot qidiruviga oid tavsiyalar» mavzusida seminar o‘tkazildi

O’zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan o’tkazilgan seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Ixtiro va foydali modellar xizmati boshlig‘i Abdukadirov Ikram Toxirovich, “Intellektual mulk markazi” Intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish va hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Toshkent shahar filiali bosh maslahatchisi Cho‘tbayev Shuxrat Daminovich hamda markaz Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot resurslari xizmati katta maslahatchisi Rasulova Dildora Shavkatovna ishtirok etdi.

Tadbirda ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi hamda patent-axborot qidiruvi masalalari muhokama qilindi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan talabnoma topshirishda uchrayotgan asosiy texnik va huquqiy xatolar, ularni bartaraf etish mexanizmlari, shuningdek hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibi yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, elektron nazorat nusxalarini topshirish, ustuvorlik sanasi va rad etish holatlariga olib keluvchi omillar ham ko‘rib chiqildi.

Ma’ruzachilar intellektual mulk obyektlarini himoya qilish innovatsion faoliyatni rivojlantirishda muhim omil ekanini ta’kidladi. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, litsenziyalash va texnologiyalar transferi orqali ularni iqtisodiy muomalaga kiritish imkoniyatlari ham alohida muhokama qilindi. Seminar ochiq muloqot shaklida o‘tdi. Unda institut mutaxassislari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda amaliy takliflar bildirdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil