#Qashqadaryo_filiali
“Yangi marralar sari parvoz” — Karyera kuni yuksak ruhda o‘tdi!
2026-yil 17-aprel kuni Qarshi xalqaro universitetida “Karyera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar va bitiruvchilar uchun:
— mahorat darslari
— amaliy seminarlar
— treninglar tashkil etildi
Ishtirokchilar zamonaviy mehnat bozori talablari, ishga joylashish jarayonlari hamda shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha foydali bilim va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, O‘zMMI davlat muassasasi Qashqadaryo filiali tomonidan ko‘rgazmali materiallar va zamonaviy sinov uskunalari namoyish etilib, ishtirokchilarga sohaga oid amaliy tasavvurlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish va kadrlar salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.