Aniq vaqt

Oʻzbekiston мilliy мetrologiya instituti 2026-yil 14–16-aprel kunlari Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan EURAMETning Termometriya boʻyicha Texnik qoʻmitasi (TC-T) yillik yigʻilishida ishtirok etdi.

Mazkur yigʻilish milliy metrologiya mnstitutlari oʻrtasida tajriba almashish hamda termometriya sohasidagi dolzarb rivojlanishlarni muhokama qilish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi.

Yigʻilish davomida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining termometriya yoʻnalishidagi faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazilib, milliy salohiyatni rivojlantirish borasidagi soʻnggi yutuqlar yoritib berildi. Xususan, 1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (ITS-90)ni amalga oshirish laboratoriyasi, shuningdek, yaqinda tashkil etilgan namlik laboratoriyasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining TC-T faoliyatidagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga hamda uning oʻlchash imkoniyatlarining xalqaro miqyosda eʼtirof etilishini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil