✅ Namangan viloyatida joylashgan “IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ “IFODA Agro Kimyo Himoya” MChJ ko‘p yillardan buyon respublikamizdagi dehqon va fermer xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa egalari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlarini o‘simliklarni himoya qilish vositalari va o‘g‘itlar bilan ta’minlash, shuningdek, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy maslahatlar berish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.
✅Texnik tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari L. Saidoripov tomonidan tizim tashkilotlarining Namangan viloyati filiallari mas’ullari ishtirokida korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–25-son Farmonining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar tadbirkorlik subyektiga batafsil tushuntirildi. Xususan, korxonani qo‘llab-quvvatlash, uning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sifat infratuzilmasi talablariga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, o‘rganishlar yakunida korxona faoliyatini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.