Aniq vaqt

Tibbiy diagnostik uskunalarning metrologik holati joyida tekshirildi

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Davlat muassasasi Qo‘qon filiali tomonidan “VODIY ASL SHIFO 777” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan tibbiy diagnostika uskunalari korxona murojaatiga asosan joriy yilning 15-aprel kuni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida uskunalarning metrologik holati, ishlash aniqligi hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va belgilangan standartlarga muvofiqligi har tomonlama tekshirildi.

Xususan, ultra tovushli tashxis (UTT) apparati namunaviy “Fantom” o‘lchash vositasi yordamida qiyoslovdan o‘tkazildi. Mazkur qiyoslov ishlari tibbiy diagnostika jarayonlarida aniqlikni ta’minlash, inson organizmidagi ichki a’zolar holatini to‘g‘ri baholash, o‘lchov natijalarining ishonchliligini oshirish hamda noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, biokimyoviy analizatorlar namunaviy etalon (standart) eritmalar yordamida qiyoslovdan o‘tkazildi. Ushbu jarayon davomida laboratoriya tahlillarining aniqligi, barqarorligi hamda o‘lchov natijalarining ishonchliligi baholandi.

Mazkur amaliy ishlar tadbirkorlik subyektining faoliyatini samarali tashkil etish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda diagnostika jarayonlarida aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil