Aniq vaqt

“Kiberjinoyatlarga qarshi kurash — bugungi kunning dolzarb masalasi”

Hozirgi rivojlanish, axborot texnologiyalari asrida hayotimizning deyarli barcha jabhalarida kompyuterlar va raqamlashtirilgan turli xil texnik vositalardan keng foydalanilmoqda. Mazkur sohaning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda, undan g‘arazli maqsadlarda foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Shu munosabat bilan “Kiberjinoyatlarga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida “O‘zMMI” DM Navoiy filialida davra suhbati tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi, kapitan Shokir Shavkatjonovich Xazratqulov ishtirok etdi.

Tadbir davomida mavzuga oid taqdimot (slaydlar) namoyish etildi hamda kiberjinoyatlarning turlari, ularning oldini olish choralari va fuqarolarning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi. Suhbat jarayonida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish faqatgina ichki ishlar organlari xodimlarining vazifasi emasligi, balki bu borada keng jamoatchilikning hamkorlikdagi amaliy harakatlari muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil