O’zbekiston Respublikasining yana 1 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СMС-qatorlar) Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) roʻyxatga olindi.
Ushbu СMС-qatorlar O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kuchi va kuchlanish laboratoriyasi (O‘zMMI EM jamoasi) tomonidan Doimiy elektr kuchlanish yo‘nalishida 0.1 V dan 1100 V gacha o‘lchashlarda qo‘lga kiritildi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining jami СMС-qatorlari soni 18 taga yetkazildi.
