Aniq vaqt

O‘zbekistonning yangi 6 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) ro‘yxatga olindi

❗️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi 6 ta kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlari Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi.

⚡️ Mazkur CMC-qatorlar BIPM Vaqt va chastota Maslahat qo‘mitasi (CCTF) tomonidan doimiy ravishda olib boriladigan CCTF-K001.UTC asosiy solishtirish natijalariga bog‘liq bo‘lib, Vaqt oralig’i, ko’tarilish/tushish vaqti, impuls kengligi va kechikish vaqtini o’lchash va kalibrlash imkoniyatlarini ifodalaydi.

✅ Ma’lumot uchun: 2025-yilda Vaqt va chastota laboratoriyasi tomonidan BIPM KCDB bazasida Vaqt va chastota yo’nalishidagi 2 ta CMC-qatorlari chop etilgan.

✅ Shu tariqa, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro KCDB bazasida jami 17-CMC-qatorlarini ro‘yxatdan o‘tkazib, mamlakatimiz metrologiyasi salohiyatini yana bir bor g‘urur bilan namoyon etdi. Shu o‘rinda erishilgan natija O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksi (QI4SD) va Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII) dagi o‘rinlarini mustahkamlashga va yurtimizdagi metrologiya faoliyatining xalqaro darajada e’tirof etilishiga xizmat qiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil