Aniq vaqt

Oson bo‘lmagan yo‘l, katta natija: muhim ilmiy loyiha hayotga tatbiq etildi!

Oson bo‘lmagan yo‘l, katta natija: muhim ilmiy loyiha hayotga tatbiq etildi!

“Birlamchi nisbiy namlik birligi etalonini yaratish” loyihasi ortida katta mehnat, izlanish va murakkab bosqichlar turibdi. Ushbu grantni qo‘lga kiritish ham, loyiha doirasida zamonaviy etalonni yaratish ham oson kechgani yo‘q.

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida tanlov g‘olibi bo‘ldi.

2025-yil 1-apreldagi AL-9324104947-sonli shartnomaga muvofiq, loyiha reja-jadvali asosida “Shudring nuqtasi va nisbiy namlik o‘lchash vositalarini kalibrlash etaloni” muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Etalonnihg texnik parametrlari:
Shudring nuqtasini hosil qilish ko’lami: minus 95°C dan plyus 20°C gacha, Aniqlik darajasi (noaniqligi): ±0,0074°C;
Nisbiy namlik hosil qilish ko’lami: 0,00003 % dan 50,0 % gacha, Aniqlik darajasi (noaniqligi): ±0,07%.

Natijalar esa e’tiborga loyiq:
• Tibbiyot sohasida – 1700 dona qurilma
• Neft-gaz sohasida – 2100 dona qurilma
• Metallurgiya sohasida – 1200 dona qurilma

Shuningdek, boshqa sohalarda ham shudring nuqtasi va namlikni o‘lchash vositalarini kalibrlash hamda o‘lchashlarning kuzatuvchanligini ta’minlash imkoniyati yaratildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil