Joriy haftada “Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi” da “Metrologiya va raqamlashtirish forumi” (FORUM-MD) ning ishchi va topshiriq guruhlari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilning 10-mart kuni forumning raqamli kalibrlash sertifikatlari va raqamli standard namunalar sertifikatlarini uyg‘unlashtirish topshiriq guruhi (TG-H-DCC/DRMC) navbatdagi yig‘ilishi gibrid shaklda bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda topshiriq guruhidagi faoliyat muhokama qilinib, keyingi rejalar belgilandi.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika laboratoriyasi xodimi ham topshiriq guruhning kuzatuvchi a’zosi sifatida institutdagi raqamlashtirish faoliyati bo‘yicha taqdimot qildi.
#BIPM #O‘zMMI #FORUM-MD #Digitalization