Aniq vaqt

PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI!

Toshkent davlat transport universitetining Metrologiya va standartlashtirish ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabalari hamda Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishining 3-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti laboratoriyalarida amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Ushbu amaliy mashg‘ulotlardan maqsad talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy o‘lchash uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda metrologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Darslar davomida talabalar institutning turli laboratoriyalarida o‘lchash vositalarini kalibrlash, tekshirish va ularning aniqligini ta’minlash jarayonlari bilan tanishmoqdalar.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan talabalarga metrologik ta’minot tizimi, xalqaro standartlar, o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanish, o‘lchash natijalarini tahlil qilish va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha qimmatli tajribaga ega bo‘lmoqdalar.

Bunday amaliy darslar talabalarning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida, shuningdek metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti sohalarida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil