Aniq vaqt

Metrologiya sohasida ilmiy salohiyat mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, xususan, o‘lchashlar yagonaligini taʼminlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tasarrufidagi Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida 2026-yil II choragi uchun qabul jarayonlari tashkil etildi.

Xususan, 05.03.02 — “Metrologiya va metrologik taʼminot” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirgan nomzodlar bilan navbatdagi suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida asosiy eʼtibor talabgorlarning ilmiy salohiyati, tanlangan tadqiqot mavzularining bugungi kun iqtisodiyoti uchun dolzarbligi hamda ilmiy ishlarning amaliy ahamiyatiga qaratildi. Komissiya aʼzolari tomonidan metrologiya sohasini raqamlashtirish, zamonaviy o‘lchash vositalarini takomillashtirish va milliy metrologik taʼminot tizimini xalqaro standartlar asosida mustahkamlashga yo‘naltirilgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil