Aniq vaqt

6-Xalqaro raqamli kalibrlash sertifikati (DCC) konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 24-26-fevral kunlar Germaniya fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan tashkil etilgan 6-Xalqaro DCC (Raqamli kalibrlash sertifikati) konferensiyasi onlayn shaklda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi konferensiya “Yaxshi amaliyotdan standartlashtirishgacha: DCC ishonchli kelajak uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda (From Good Practice to Standardization: DCC for a Reliable Future).

Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun dunyo bo‘ylab 81 davlatdan 500 dan ortiq mutaxassislar ro‘yxatdan o‘tishgan. Uch kun davom etadigan konferensiyada 9 ta asosiy ma’ruzachilar taqdimoti rejalashtirilgan. Shuningdek, 39 ta mutaxassislarning taqdimotlari parallel sessiyalar uchun tanlab olingan.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi xodimi parallel sessiyada ma’ruzachi sifatida “Akustik kalibratorlar uchun raqamli kalibrlash sertifikatini qo‘llash” mavzusida taqdimot qildi.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil