
![]() |
![]() |
![]() |
📌 2026-yil 6-fevral kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbar va mutaxassislari hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh. Qodirov, Strategik rivojlantirish va sanoat faoliyatini tashkil etish departamenti boshlig‘i K. Rashidov, korxonalar va uzellarning bosh muhandislari, metrologlari hamda laboratoriya rahbarlari ishtirok etdi.
🔽Tadbir ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va metrologiya sohasida ilg‘or yechimlarni amaliyotga joriy etishga qaratildi.
![]() |
![]() |
![]() |
✔️Uchrashuvda metrologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yangilangan o‘lchash vositalari, qiyoslash va sinash stendlari taqdimoti o’tkazildi. Shuningdek, temir yo‘l tarmog‘ida zamonaviy metrologik yondashuvlarni joriy etish, o‘lchash aniqligini oshirish hamda ish jarayonlarining ishonchliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✨O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ilmiy-konstruktorlik loyihalari doirasida ishlab chiqilgan, turli sohalar uchun mo‘ljallangan 17 turdagi o‘lchash va sinash uskunalarining texnik hamda metrologik imkoniyatlari taqdim etildi.
🕯Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy yangiliklarni ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
❗️Shundan so‘ng ishtirokchilar institut laboratoriyalari, metrologik infratuzilma, yaratilgan sharoitlar va yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar.





