Aniq vaqt

“MDHning eng yaxshi yosh metrologi” birinchi Xalqaro tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz

📢 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashning 68-yig‘ilishi qaroriga muvofiq hamda MDH Iqtisodiy kengashining qarori asosida “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” birinchi Xalqaro tanlovi e’lon qilindi.

📆  O‘tkazilish sanasi: 16–17 iyun 2026 yil

📌 Tanlov Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida IV-Xalqaro yosh olimlar va mutaxassislarning “ЗА НАМИ БУДУЩЕЕ” ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida o‘tkaziladi.

✔️ Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan, ilmiy va/yoki amaliy metrologiya sohasida faoliyat yuritayotgan, ilmiy darajasi va lavozimidan qat’i nazar, MDHga a’zo davlatlar tashkilotlarining ilmiy xodimlari, aspirantlari, doktorantlari hamda muhandis-texnik xodimlari ishtirok etishi mumkin. Tanlov rus tilida, ishtirokchilar soni cheklanmagan. Tanlovda ishtirok etish faqat an’anaviy (oflayn) shaklda amalga oshiriladi.

➡️ Tanlov nominatsiyalar:

  • ilmiy metrologiya;
  • amaliy metrologiya;
  • metrologiyani raqamlashtirish;
  • maxsus nominatsiya (mavzu tanlovning uchinchi bosqichida ilmiy qo‘mita tomonidan belgilanadi).

Tanlov g‘oliblariga “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” ko‘krak nishoni, diplom va guvohnomalar topshiriladi. G‘olib va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

📌 Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 2026-yil 16 fevralga qadar O‘zbekiston miiliy metrologiya institutidagi mas’ullarga quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz:

  • Valiyev Ruslan – 71 202 00 11 (ichki 1270)
  • Arifjanov Alisher – 71 202 00 11 (ichki 1210)
  • Ergashev Axmadbek – 71 202 00 11 (ichki 1235)

➡️ “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” Xalqaro tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom va Tartibi

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil