Aniq vaqt

O‘zMMI Fotometriya laboratoriyasi xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti fotometriya yo‘nalishi bo‘yicha SIM (Inter-American Metrology System) tashkiloti doirasidagi SIM.PR-K3 xalqaro solishtirishida ishtirok etmoqda.

💡Solishtirish artefaktlari — etalon lampalarda yorug‘lik kuchi birligi bo‘yicha o‘lchovlar texnik bayonnomada ko‘rsatilgan barcha ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda to‘rt hafta davomida amalga oshirildi.

✍️O‘lchashlar yakunlanib, artefaktlar ushbu loyihaning pilot laboratoriyasi — Meksikaning milliy metrologiya instituti (CENAM) ga yuborildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil