![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔄 Oktabr oyida bo’lib o’tgan tadbirda Fizik-kimyo sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda o‘lchash natijalarining ekvivalentligini taʼminlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek COOMET (https://coomet.info/)doirasida amalga oshirilgan solishtirishlar va ularning natijalari ko’rib chiqildi.
🔄 Gibrid shaklda bo’lib o’tgan ushbu yig’ilishda Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari Kimyo laboratoriyasi faoliyati, o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari va rivojlanish rejalariga doir ma’ruzada faol ishtirok etdi.



