![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔵 O‘zbekiston milliy metrologiya institutida xalqaro ahamiyatga ega tadbir — “CIPM MRA muammolari va imkoniyatlari” mavzusidagi davra suhbatı bo‘lib o‘tdi
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
🔴Tadbirda xalqaro metrologiya hamjamiyatida muhim o‘rin tutuvchi CIPM MRA (O‘lchash va kalibrlash sohasidagi natijalarni o‘zaro e’tirof etish bo‘yicha bitim) doirasida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish mexanizmlari hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, o‘zaro e’tirof jarayonlarini takomillashtirish, metrologik tizimlarni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishning yangi imkoniyatlari va istiqbollari haqida fikr almashildi.
Mazkur davra suhbati nafaqat milliy metrologiya tizimi uchun, balki butun mintaqada metrologiya sohasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.







