
✅ Shu kunlarda Koreyaning Daejeon shahrida Koreya ilm va standartlar tadqiqot instituti (KRISS) (https://www.kriss.re.kr/eng/) qoshidagi Global Metrologiya Akademiyasi (GMA) (https://www.metrology.academy/) tomonidan elektr va magnetizm yo‘nalishida ikki haftalik amaliy malaka oshirish dasturi o‘tkazilmoqda.
✅ Mazkur dasturda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/)mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Ular Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) (https://www.ptb.de/cms/en/) granti doirasida tashkil etilgan tanlovda muvaffaqiyat qozonib, ushbu imkoniyatga ega bo‘lishgan.

✅ Amaliyotda Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) (https://www.apmpweb.org/)ga a’zo davlatlardan atigi 12 nafar mutaxassis saralab olingan bo‘lib, ularning orasida O‘zbekiston vakillari ham borligi yurtimiz metrologiya sohasi rivojlanayotganidan dalolat beradi.