Aniq vaqt

🎒 Kichik qalblarda katta orzular

🌟 Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi tantanalari mamlakatimiz bo‘ylab katta shodiyonalar bilan davom etmoqda. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan hamda yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

✨ Tadbirda institut xodimlari hamda ularning birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlari ishtirok etdilar. Institut direktori Lazizbek Saidoripov tadbir ishtirokchilarini qutlab, farzandlarini ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan ota-onalarga samimiy tilaklar bildirdi. Shuningdek, bolajonlarga yangi ta’lim yo‘lida katta omad va zafarlar tiladi.
🌟 Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida bolajonlar kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishni orzu qilishdi, Vatan va buyuk allomalar to‘g‘risidagi she’rlarini yurakdan ijro etishdi. Shuningdek, sahnada biroz uyaliб, tortingan holda chiqish qilgan beg‘ubor bolajonlar ham yig‘ilganlarga samimiy quvonch ulashdi.

🎒 Tadbir so‘ngida esa yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yayotgan kichik mehmonlarga o‘quv qurollari to‘plami taqdim etildi. Bu ularning maktabga qadam qo‘yishlariga qo‘shimcha ruhiy kuch bag‘ishladi va bayramga samimiy xursandchilik uyg‘otdi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil