Aniq vaqt

COOMETning “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

🔄 Joriy yilning 26–28-avgust kunlari Toshkent shahri “Davlat metrologiya muassasalarining Yevroosiyo hamkorligi tashkiloti” (COOMET)ning “Akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasi (TQ 1.2)ning navbatdagi 19-yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.

🔅Mazkur yig‘ilish gibrid formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda Yevroosiyo mintaqasining yetakchi milliy metrologiya institutlari, soha ekspertlari va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida akustika, ultratovush va vibratsiya o‘lchash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, standartlashtirish va o‘lchash natijalarining ekvivalentligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

💬Alohida ta’kidlab o‘tish lozimki yig‘ilishda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining tashabbusi bilan COOMET doirasida bir nechta solishtirish loyihalari ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

🔺Kun tartibiga asosan yig‘ilish ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining laboratoriyalariga tur tashkil etildi.

🤝O‘zbekiston milliy metrologiya institutining faoliyati, shuningdek, akustika, tebranish va ultratovush laboratoriyalarining o‘lchash imkoniyatlari va kelajakdagi rejalariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish qilindi.

✅Ushbu yig‘ilish COOMET doirasida sohaning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil