
🔬O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/) “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish” bo‘limi Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xalqaro standartlar asosida yangi milliy standartlar loyihalari ishlab chiqildi.
📝Xususan, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining:
IEC 61094-5:2016, IEC 61094-6:2004 standartlari asosida O‘z MSt IEC 61094-5:2025 va O‘z MSt IEC 61094-6:2025 milliy standartlari yaratildi va O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan rasman tasdiqlandi.
📎 Batafsil:
✅ O‘z MSt IEC 61094-5:2025 (https://uzsti.uz/shop/33011)
✅ O‘z MSt IEC 61094-6:2025 (https://uzsti.uz/shop/33012)
⚡️ Ma’lumot uchun:
🔵IEC 61094-5 – ishchi va laboratoriya standart mikrofonlarning bosim sezgirligini aniqlash usullarini belgilaydi.
🟢IEC 61094-6 – elektr o‘tkazuvchan diafragmali mikrofonlar uchun aktuatorlar loyihalash va ularni tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
🇺🇿 Bu loyihalar mamlakatimizda akustika va metrologiya sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.