![]() |
![]() |
![]() |
🏆 Har yili Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi “Xalqaro standartlar olimpiadasi” joriy yilda 12–14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga 12 nafar iqtidorli o‘quvchilar saralandi.
🗓 7–20-iyul kunlaridan boshlab mazkur terma jamoa uchun kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari onlayn va oflayn shakllarda tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston standartlar institutining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Shu bilan birga, olimpiada ishtirokchilari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (http://nim.uz/)zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
🎯 Ushbu tashrif o‘quvchilarda standartlashtirish va metrologiya sohasidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, amaliy tajriba orttirish imkonini berdi.


