Aniq vaqt

Qiyoslash va kalibrlash qurilmalarining prototiplari yaratildi

⚡️ O‘zbekiston Milliy metrologiya instiutining Qashqadaryo filial mutaxassislari tomonidan “Kuchlanish voltmetr”, Chirchiq filiali tomonidan “Tok o‘lchash kleshlarini qiyoslash qurilmasi”, Sirdaryo filiali tomonidan “Sath o‘lchagich va uzunlik o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” va Xorazm filiali tomonidan “Manometrlarni qiyoslash va kalibrlash bosim kollektori” qurilmalarining prototiplari yaratildi.

🟡 O‘zMMI Qashqadaryo filiali tomonidan yaratilgan kuchlanish voltmetr qurilmasi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirida qo‘llaniladigan turli tuzilishdagi va ishlash prinsipi turlicha bo‘lgan voltmetrlarni qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.

🔵 O‘zMMI Namangan filiali tomonidan yaratilgan uskuna orqali atmosfera bosimini o‘lchovchi barometrlarni qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshiriladi.

🟢 O‘zMMI Chirchiq filiali tomonidan yaratilgan uzunlik o‘lchov birliklarini o‘lchash stoli qurilmasi lineyka, ruletka, metrshtok va boshqa uzunlik o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.

🩷 O‘zMMI Sirdaryo filiali tomonidan yaratilgan ultratovushli va radarli sath o‘lchagichlari, shuningdek masofa o‘lchagichlari, lineykalar, ruletkalar, metroshtok va boshqa uzunlik o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.

🟤 O‘zMMI Bekobod filiali tomonidan yaratilgan Suyultirilgan gaz miqdorini o‘lchash uchun mo‘ljallandan namunali metalli o‘lchagich suyultirilgan gaz miqdorini, propan, butan va gazli qorishmalarni qiyoslash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.

🔴 O‘zMMI Xorazm filiali tomonidan yaratilgan bosim o‘lchov birliklarini bir vaqtning o‘zida 4 ta manometrni qiyoslash va kalibrlash uchun bosim kollektori qurilmasi ishchi manometrlar va manovaakummetrlar, elektrokontakt manometrlar va namunaviy manometr o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan.

⚡️ Shuningdek O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallari tomonidan yuqorida keltirilgan o‘lchash vositalarini korxona va tashkilotlarga yasab berish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil