![]() |
🔈 “20-may – Butunjahon metrologiya kuni” munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)tomonidan ilk marotaba “Eng yaxshi yosh metrolog” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.
🔥 Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, metrologiya sohasida yoshlar siyosatini shakllantirish, yosh metrologlarning manfaatlarini birlashtirish, iqtidorli yosh metrologlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro professional aloqalarni o‘rnatishdan iboratdir.
✨ Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– ilmiy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi yosh metrolog;
– amaliy metrologiya yo‘nalishidagi eng yaxshi yosh metrolog.
⚡ Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi tegishli hujjatlarni 2025-yil 15-aprelga qadar ym_tanlov@nim.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.
🎁 Tanlov g‘oliblari 2025-yil 20-may kuni “Butunjahon metrologiya kuni”ga bag‘ishlangan tadbirda e’lon qilinadi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
☎️ Murojaat uchun: 78 1292610; 71 202 00 11 (ichki:1210 yoki 1270)
