![]() |
![]() |
![]() |
🟡 Yurtimizda metrologiya sohasini rivojlantirish, o’lchashlar ko‘lami va aniqligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga asosan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining (https://nim.uz/) yangi ishga tushirilgan Kimyo laboratoriyasida Chexiya metrologiya instituti (CMI) (https://www.cmi.cz/?language=en) mutaxasislari Martin Vichar va Martina Vicharova bilan hamkorlikda “Suyuqliklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik birligi” davlat birlamchi etaloni ishga tushirildi.
🔵 Xalqaro solishtirishlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan mazkur etalon 0,001 dan 50 Sm/m gacha birlikda suyuqlik tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu etalon yordamida O‘zbekistonda konduktometrik o‘lchov birligi hosil qilinadi va shu birlikdagi o‘lchash vositalarining metrologik kuzatuvchanligi taʼminlanadi.
![]() |
![]() |
🔴 Shuni ta’kidlash kerakki, milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, laboratoriyalarni modernizatsiya qilishda xizmat qiluvchi ushbu etalon keltirilib, institutda etalonlar soni 30 taga yetkazildi.




