![]() |
![]() |
![]() |
✅ Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
✅ Uning o‘lmas asarlarini yurtimizda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida shoir tug‘ilgan qutlug‘ 9 fevral sanasini har yili adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlash an’anaga aylandi.
✅ Mazkur an’anani davom ettirgan holda, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari ishtirokida poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga (https://www.natlib.uz/) ijodiy sayohat tashkil etildi.
✅ Yosh metrologlar shoirning bezavol adabiy merosi bilan tanishish jarayonida, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda shoirning duru javohirlarga teng o‘lmas ijod mahsullarini chuqur o‘rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etishini angladilar.
![]() |
![]() |
![]() |
Ma’lumot o‘rnida, Kutubxonada 8 milliondan ortiq ortiq adabiyotlar saqlanadi. Shundan elektron shaklda adabiyotlar 1 milliondan ortiq.
Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmatida esa qo‘lyozmalar, toshbosmalar, kitoblar, albomlar, gazeta va jurnallar mavjud bo‘lib, ularning soni 20 ming 200 ortiq nusxa adabiyotlar saqlanadi.
Xozirgi vaqtda kutubxona fondida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Elektron katalog 600 000 ta yozuvlardan iborat.





