Aniq vaqt

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi direktori Bahodir Sagdullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad, Intellektual mulk markazi hamda Agentlik o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni imzolashdan iborat bo‘lib, ushbu bitimga ko‘ra jamoatchilik asosida Agentlik qoshida «Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi» faoliyati tashkil etiladi.

Markaz intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish hamda uning natijalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha bilim va tushunchalarni ommalashtirish, ixtirolar va foydali modellar uchun talabnomalarning patent sofligini oshirish, ixtirochilik borasidagi faoliyatni rag‘batlantirishda Agentlikka ko‘maklashadi.

Shuningdek, ixtirochilik va innovatsion faoliyatni axborot bilan taʼminlash borasida kompleks tadbirlarni, intellektual faoliyatni huquqiy muhofaza qilish va uning natijalaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni ommalashtirish ishlari ham olib boriladi.

Muloqot davomida Intellektual mulk markazi mas’ullari tomonidan ishlanmalar, adabiyotlarga patent, mualliflik guvohnomalarini olish bo‘yicha bo‘yicha uslubiy taqdimot qilinib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil