![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (https://t.me/UzstandardChannel) huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://t.me/UzNIM) hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining (https://t.me/uztestrasmiy) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga Muhammad al-Xorazmiy (https://t.me/ictschooluz) hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning (https://t.me/muimiuz) o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
O‘quvchilarga etalonlar bazasi, o‘lchov texnikasi va uning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tekshirish yuzasidan dastlabki ma’lumotlar yetkazildi.
Ana shunday tadbirlarning doimiy tarzda o‘tkazilishi o‘quvchilarning standartlashtirish, ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali kengaytirish imkoniyatini yaratadi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.
![]() |
![]() |
![]() |
#UzNIM #al_khwarizmi #muimi_uz #piima_uz #sayohat








