![]() |
Joriy 21-22 yanvar kunlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi 2024-2025 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturining amalga oshirilishi jarayoni muhokamasi yuzasidan Belarus davlat standartlartirish qo‘mitasi (Госстандарт)da bo‘ldi.
Mazkur tashrif davomida Gosstandart delegatsiyasiga Belarus davlat standartlartirish qo‘mitasi raisi Yelena Morgunova, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasiga esa direktorning birinchi o‘rinbosari Abdurauf Abduqayumov rahbarlik qildi.
Tadbirlarning birinchi nuqtasida delegatsiya a’zolari Minsk xalqaro koʻrgazmalar markazidagi “Моя Беларусь” koʻrgazmasiga tashrif buyurdilar.
![]() |
Shuningdek, mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berishdagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish yoʻllari muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nadejda Lazarevich va Belarusning qator korxonalari vakillari ishtirok etdi.
22-yanvar kuni delegatsiya a’zolari BelGIM va BelGISSga tashrif buyurib, ularning faoliyat yo‘nalishlari, metrologik va sinov imkoniyatlari bilan tanishdilar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.
![]() |
Tadbirlar davomida Belarus va Oʻzbekiston milliy metrologiya institutlari rahbarlari Aleksandr Kazachok va Lazizbek Saidoripov bugun oʻlchovlar bir xilligini taʼminlash borasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
![]() |
BelGIMda boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar kelishuvni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini, jumladan, Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti BelGIM bilan solishtirishni tashkil etishda koʻmaklashish, xodimlarni malakasini oshirish va amaliyot oʻtash imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.
![]() |
Delegatsiya a’zolari, tashrif davomida o‘zining jozibadorligi bilan ajralib turgan, 100 dan ortiq Belarus brendlari – bitta uyda! deb nomlangan brendlar namoyishida bo‘lishdi. Hayratlanarli va maftunkorlikni o‘zida kasb etgan namoyishda nafaqat savdo nuqtalari, shuningdek, turli hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari ham namoyish etildi.
![]() |





