Aniq vaqt

Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP)ning 40-bosh assambleyasi va uning doirasidagi tadbirlarda ishtirok etildi

Joriy yilning 22-29-noyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) ning 40-bosh assambleyasi va uning doirasida tashkil etilgan tadbirlarga Hindiston Respublikasi Nyu-Dehli shahridagi Hindiston milliy fizika laboratoriyasi (NPLI) mezbonlik qildi.

Ushbu tadbirlarda 40 dan ortiq a’zo davlatlardan 600 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etishdi, jumladan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining 10 nafar vakili ilk marotaba texnik qo‘mita (AUV, EM, L, M, PR, QM, RI, T, TF) va ishchi guruh yig‘ilishlari, “Kvant texnologiyalari uchun metrologiya” nomli simpoziumda hamda milliy va tayinlangan metrologiya institutlari rahbarlari uchun tashkil etilgan work shopda laboratoriyaning o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari hamda so‘ngi bir yillik faoliyati bilan bog‘liq taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston milliy metrologiya instituti rahbari APMPning 40-bosh assambleyasida “Yashil vodorod texnologiyalari” nomli yig‘ilishida qatnashdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston milliy metrologiya instituti APMP doirasida 2019-yildan beri ishtirok etadi. APMP doirasida 3 ta loyihada ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishlar davomida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari Hindiston, Yaponiya, Tailand, Tayvan, Avstraliya milliy metrologiya institutlari mutaxassislari bilan muzokaralar olib borishdi, xususan 4 nafar mutaxassisni malaka  oshirishi, 5 ta solishtirishlarda (asosiy, qo‘shimcha va gibrit)ishtirok etish, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash bo‘yicha APMPga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, APMPning tadbirlarida vakillarimizning ilk ishtiroki Germaniya Federal Fizika-texnika instituti (PTB)ning “Milliy sifat infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash loyihasi” doirasida amalga oshirildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil