Aniq vaqt

Milliy vaqt shkalasini hosil qilish, saqlash va uzatish kabi bilim va ko‘nikmalar yanada takomillashtirilmoqda

Rossiya Federatsiyasining fizik-texnika va radio-texnika ilmiy tadqiqot instituti (ВНИИФТРИ) tomonidan tashkil etilgan vaqt va chastota sohasida malaka oshirishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish jarayonlari joriy yil 4-apreldagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bayoni hamda joriy yil 15-mayda imzolangan 01-14-955-sonli xodimlar malakasini oshirish reja-grafigiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  Soha xodimlarining shu malaka oshirishlaridan maqsad quyidagi yo‘nalishlardagi bilim va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirishdan iborat:

– Milliy vaqt shkalasini hosil qilish, saqlash va uzatish hamda Rossiya vaqt va chastota xizmati texnik bazasi bilan tanishish;

– Vaqt va chastota xizmatini samarali tashkil etish hamda aniq vaqt ma’lumotlarini abonentlarga uzatishni ta’minlash;

– Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) ning Xalqaro atom vaqti guruhi (TAI)ga yuboriladigan aniq vaqt ma’lumotlarini so‘ngi tavsiyalar asosida shakllantirish;

– Laboratoriya oʻlchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC)ni xalqaro darajada e’tirof etish;

– Chastotalar va vaqt intervallari manbaini o‘lchash yuzasidan amalga oshiriladigan qo‘chimcha solishtirishlar uchun A va B protokollar loyihasini tayyorlash.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil