![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Joriy yilning 23–27-sentyabr kunlari O‘zbekistonda ilk bor O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda.
Forumda Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin universitetlar, 40 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
“Universitetlar hamkorligining yangi bosqichi – ikki davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omili” mavzusidagi mazkur forumda ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or raqamli texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini kengaytirish masalalari muhokama etilmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Shuningdek, ushbu forumda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari ham ishtirok etmoqda va forum doirasida O‘zMMI faoliati va laboratoriyalar majmuasi bilan ham tanishildi.











