Aniq vaqt

Moddalar va materiallar tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish va qo‘llash to‘g‘risidagi hamkorlik bitimi muhokamada bo‘ldi

MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashining (МГС СНГ) metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik Kengashning Standart na’munalar va moddalar hamda materiallar tarkibi va xossalari bo‘yicha Ishchi guruhining (РГ СО НТКМетр) navbatdagi 14-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan metrolog mutaxassislar hamda Standartlar bo‘yicha byuro vakillari ishtirok etdi.

MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida moddalar va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunasini yaratish va qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yig‘ilish ishtirokchilari 2019 yil 25 oktyabrda imzolangan «Moddalar va materiallar tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish va qo‘llash to‘g‘risidagi hamkorlik bitimi»ni amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim masalalarni muhokama qildilar.

Ko‘rib chiqib, muhokama qilingan natijalarga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan kelishilgan tavsiyalar qabul qilindi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil