![]() |
![]() |
Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlarimiz ilk marotaba ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan holda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishti.
Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.
Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini, shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining, yoshlarimizning yutuqlariga hissa qo‘shgan, mas’ullarni samimiy qutlaymiz!
![]() |
![]() |



