Aniq vaqt

Navbatdagi xorijiy malaka oshirish

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti 2 nafar xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Beijing shahrida Xitoy milliy metrologiya institutida vaqt va chastota hamda ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash yo‘nalishida malaka oshirishmoqda. Malaka oshirish joriy yilning 5-avgustidan 23-avgustigacha davom etadi.

Ushbu malaka oshirish davomida:
– Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) va Oʿzbekiston milliy vaqt shkalasi (UTC (UZ))ga nisbatan vaqt shkalasi farqini o‘lchash va noaniqliklarini hisoblash hamda Oʿzbekistonda vaqt va chastota xizmatini samarali joriy etish;
– TRS457ga muvofiq diagnostik radiologiya dozimetrlarni va TRS398ga muvofiq tashqi nurli radioterapiya ionlashtiruvchi kameralarni kalibrlash va laboratoriya oʻlchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC)ni xalqaro darajada e’tirof etish yuzasidan ishtirokchilar malaka va ko‘nikmalarini oshirishi nazarda tutilgan.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil