Aniq vaqt

Tailand milliy metrologiya instituti bilan hamkorlik

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) ishchi guruhi Germaniya fizika va texnika instituti (PTB)ning “Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” hamkorlik loyihasi doirasida hamda o‘lchashlarni yagona birlikda bo‘lish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish maqsadida Tailandda metrologiya sohasiga mas’ul bo‘lgan bir qator idoralarda bo‘ldilar.
Dastavval, O‘zMMI vakillari Tailand markaziy tarozi va toshlar byurosi (CBWM) direktori Dr. Tapphinyo Koatnon bilan uchrashdilar hamda CBWM asosiy faoliyati yo‘nalishlari, tarkibiy tuzilmasi, xodimlari va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvlarining navbatdagisi Tailand milliy metrologiya instituti (NIMT) direktori Pornchai Suteerakune boshchiligidagi metrologiya laboratoriyalari va xalqaro munosabatlar bo‘limi boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda NIMTning kvant metrologiyasi yo‘nalishidagi va qishloq xo‘jaligi uchun standart na’munalar ishlab chiqish bo‘yicha loyihalari hamda sifat infratuzilmasi, davlat organlari va xususiy sektor bilan hamkorlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, atrof-muhit, oziq-ovqat kabi sohalarda metrologiya xizmatlarni ko‘rsatishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, NIMTning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi Akustika va tebranish guruhi laboratoriyalariga tashrif buyurildi. U yerda NIMT direktor o‘rinbosari Mr. Anusorn Tonmueanwai hamda Akustika va tebranish guruhi laboratoriyalari xodimlari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.
O‘zMMI xodimlari Akustika va tebranish guruhi laboratoriyalarining kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari bilan tanishishdi hamda hamkorlik ishlari kelishib olindi.

Xizmat safarining navbatdagi uchrashuvlari ikkilamchi kalibrlash laboratoriyalari faoliyati tanishishdan iborat bo‘ldi.
Dastlab, Tailandning elektr energiyasini ishlab chiqarish boshqarmasining (EGAT) mas’ul vakili Prawit Chaneiam boshchiligidagi laboratoriya xodimlari, sifat bo‘yicha menejeri bilan RTV va O‘zMMI vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Urashuv davomida vakillarimiz EGAT faoliyati va ikkilamchi kalibrlash laboratoriyasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Navbatdagi uchrashuv Tailand-Yaponiya hamkorligida tashkil etilgan Technology Promotion Association (Thailand-Japan) – TPA korxonasi prezidenti Prof. Prayoon Shiowattana boshchiligida kalibrlash, malaka oshirish bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda TRA-CSB laboratoriyalari xususan, tibbiyot uskunalarnining kalibrlash laboratoriyasi, havo namligini o‘lchash, elektr, uzunlik, massa, bosim, harorat kattaliklarini o‘lchash laboratoriyalari bilan tanishildi.
Shuni aytish kerakki, NIMT bilan Osiyo va tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) mintaqaviy metrologiya tashkiloti doirasida hamkorlik qilish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, O‘zMMI etalonlarini NIMT laboratoriyalarida metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida tajriba almashish tizimini joriy etish, qishloq xo‘jaligi uchun standart na’munalar ishlab chiqishda texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi sohaga oid muhim masalalar uchrashuvlarning diqqat markazida bo‘ldi hamda aniq maqsadlar borasida kelishuvga erishildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil