
Qadim Buyuk ipak yo‘lida joylashgan yurtimizda metrologiya ya’ni o‘lchashlar borasidagi ilk qadamlar bundan roppa rosa 100 yil avval qo‘yilgan. Bu qadam o‘z vaqtining aniq o‘lchashlarini ta’minlab o‘lchashlar birxilligini belgilay boshlagan. 1924 yilda o‘lchashlar bo‘yicha yig‘ilishda 2 bayonnomaga asosan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston Respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi tashkil qilingan.
Xuddi shu vaqtda birinchi standart va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorat laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik Qiyoslash Palatkasi O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilar Palatasiga o‘zgartirilib, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida metrologik xizmatlarning asoschisi bo‘lgan.
Qo’qonda O’zbekiston metrologiyasiga 100 yil to’lishi munosabati bilan Qo’qon shahrida ilmiy marifi seminar tashkil qilindi Seminarda Respublikamizning barcha hududiy filiallari qatnashdi.

