O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarini o‘lchash bo‘limi Fotometriya va optik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi COOMET PR-S11 qoʻshimcha solishtirishlarni muvaffaqiyatli yakunladi.
O‘zbekiston Respublikasining qoshimcha 2 ta kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlar Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi.
O‘zbekiston Respublikasining BIPMning KCDB platformasida chop etilgan kalibrlash va oʻlchash (СМС-qatorlar) imkoniyatlari toʻgʻrisidagi yozuvlar soni 5 taga yetkazildi.

