Aniq vaqt

SMİİC MC 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakillari joriy yilning 9 May kuni Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida tashkil etilgan Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti Metrologiya kengashi (SMİİC MC) 14-yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda Bosniya va Gertsegovina, Marokash, Iroq, Liviya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Burkina Faso, Indoneziya, Falastin, Gvineya, Kamerun, Misr, Pokiston, Sudan, Tunis, Uganda va Yaman mamlakatlaridan hamda Ko‘rfaz mamlakatlari metrologiya tashkiloti (GULFMET)dan jami 55 dan ziyod vakillar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Islom mamlakatlari o‘rtasidagi savdoga to‘siq bo‘layotgan texnik muammolardagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish maqsadida milliy sifat infratuzilmalarini hamkorlikda rivojlantirishni maqsad qilgan SMIIC 2010 yilda Islom Davlatlari Hamkorlik Tashkiloti doirasida tashkil etilgan.

Yig‘ilish davomida SMİİC MC a’zo davlatlarda Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda Milliy metrologiya institutlari vazifalari, metrologik laboratoriyalarni ilmiy salohiyatini kengaytirish sohasida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi, xodimlar malakasini oshirish hamda a’zo davlatlarning yetakchi metrologiya markazi (EMCIC) loyihasi ish dasturiga muvofiq ochiq muloqat tashkil etildi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, O‘zMMI so‘ngi bir yillik ichidagi faoliyati va “O‘zbekistonda Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasini tashkil etish” mavzusi yuzasidan taqdimot qilindi va ishtirokchilar tomonidan yuksak baholandi.

Qo‘shimcha tarzda, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishchi uchrashuvlar va muzokaralar olib borildi hamda quyidagi natijalarga erishildi:

Ionlovchi nurlanishlar va Elektr va magnetizm sohasida GULFMET doirasida tashkil etilgan 4 ta qoʿshimcha solishtirishlar hozirgi holati oʿrganildi;

SMIIC tomonidan tashkil etilayotgan massa va bosim yoʿnalishlarida 2 ta xalqaro solishtirishlarda OʿzMMI ishtiroki ta’minlandi;

SMIIC R&D tadqiqot va ishlanmalar dasturi doirasida O‘zMMI tomonidan taqdim etilgan 9 ta loyihalarni baholash natijalari o‘rganildi.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil