Aniq vaqt

O‘zbekistonda 2024-yil Butunjahon metrologiya kuni nishonlanadi

2024-yilgi Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) bir qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tadbirlarda O‘zMMI, uning hududiy filiallari, fan va taʼlim tashkilotlari, ishlab chiqarish hamda xususiy sektorni bir davraga birlashtirish nazarda tutilmoqda.

Bunda, sifatni nazorat qilishda metrologiyaning o‘rni, O‘zMMI kengaytirilgan kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari, metrologiya faoliyatida jarayonlarni takomillashtirishga va yangi imkoniyatlarni ochishga imkon beruvchi raqamli texnoogiyalarni joriy etish zaruriyati toʻgʻrisida maʼlumot berish rejalashtirilgan.

Bu yil Oʻzbekiston metrologiyasi uchun muhim sana boʻlib – Oʻzbekistonda metrologiya faoliyatiga 100 yil t‘oldi, ushbu sana munosabati bilan OʻzMMI xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari hamda milliy metrologiya institutlarining yetakchi ekspertlarini taklif etgan holda konferensiya oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

https://www.worldmetrologyday.org/posters.html

https://www.worldmetrologyday.org/events.html

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil