Institutning Sirdaryo filiali mas’ul xodimlari “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona direksiyasi bilan hamkorlikda hududda joylashgan korxonalarda bo‘lishib aniq o‘lchashlarga doir masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazishdi. “Sirdaryo metal construction” MCHJ, “Sof plast” MCHJ hamda “Polypack” MCHJ larda bo‘lgan malakali metrologlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish barobarida o‘lchashlar aniqligi, mahsulot sifati va xavfsizligi borasida keng tushunchalar berib o‘tishdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Suhbatlar davomida ishlab chiqarish korxonalari vakillariga Prezidentning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41-son farmoni, “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-91-sonli qarorlari haqida to‘xtalib, sohaga berilgan yangi imkoniyat va qulayliklar borasida tushunchalar berildi hamda sohaga oid masalalar muhokama qilindi.
Suhbatlar davomida doimiy va samarali hamkorlik qilishga kelishib olindi.


