Kecha Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiyasi Tibbiyot sohasidagi oʻlchashlar ishchi guruhi (RG IZ NTKMetr)ning 9-yigʻilish bayoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuv videokonferens aloqa shaklida tashkil etildi.
Ishchi uchrashuvda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Butunrossiya optik va fizik oʻlchashlar ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIOFI) vakillari, shuningdek, Standartlar byurosi xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida OʻzMMI va VNIIOFI vakillari davlat tomonidan tartibga solinadigan kelishuvga aʼzo davlatlarning sogʻliqni saqlash sohasidagi oʻlchash vositalari va oʻlchashlarning umumlashtirilgan jadvalni tayyorlashga doir takliflar muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.