Shu kunlarda institutning Bekobod, Olmaliq va Chirchiq filiallarida huquqiy mavzuda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan seminarlar o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Unda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayns nazorati xizmati rahbari Shuhratbek Xomidov xodimlarga huquqiy mavzuda ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbirlar davomida yig‘ilganlarga kasb odob-axloq qoidalariga amal qilish, ishga mas’uliyat va vijdon bilan yondoshish, halollikka amal qilishga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, butun dunyo iqtisodiyotiga korrupsiya o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi, bu illat bor joyda rivojlanish, taraqqiyot bo‘lmasligi va eng muhimi korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganda jazo muqarrarligi eslatib o‘tildi.



