Özbekiston milliy metrologiya institutida (ÖzMMI) Malayziya Milliy metrologiya instituti (NMIM – SIRIM) eksperti iştirokida uzunlik ölçaşlari sohasidagi milliy etalonni kalibrlash işlari amalga oşirilmoqda.
Mazkur işlar ölçaş natijalarining aniqligi va işonçliligini ta’minlaş, etalonning metrologik xususiyatlarini baholaş hamda laboratoriyaning texnik imkoniyatlari va kalibrlaş salohiyatini yanada rivojlantirişga qaratilgan.
Malayziyalik ekspert bilan hamkorlikda olib borilayotgan uşbu jarayon ilğor metrologik tajribalarni örganiş, kasbiy bilim va könikmalarni mustahkamlaş, şuningdek, xalqaro talablar asosida metrologiya xizmatlari sifatini oşiriş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
ÖzMMI va NMIM–SIRIM örtasidagi mazkur hamkorlik metrologiya sohasida xalqaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş, özaro professional aloqalarni mustahkamlaş hamda milliy metrologiya infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.