«O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasining Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash bo‘limi O‘zgarmas tok qarshiligi laboratoriyasi mutaxassislari xalqaro GULFMET.EM-K2 asosiy solishtirishida faol ishtirok etmoqda.
Shu kunlarda o‘zgarmas tok qarshiligi yo‘nalishidagi artefaktlarni o‘lchash ishlari tegishli tartibda yakunlandi va hozirda ularni keyingi ishtirokchi – Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) ga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur xalqaro solishtirishda O‘zMMI bilan birgalikda dunyoning nufuzli 8 metrologiya instituti qatnashmoqda. Ushbu jarayondagi ishtirok Institut mutaxassislarining Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) «Elektr va magnit» (EM) texnik qo‘mitasi doirasidagi xalqaro hamkorligi natijasida ta’minlanmoqda.