“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi (UzNIM) ning Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi akustika yo‘nalishida ishchi etalon mikrofonlarni kalibrlash bo‘yicha APMP.AUV.H4.2025 gibrid solishtirishida ishtirok etmoqda.
Ayni paytda UzNIM akustika laboratoriyasida solishtirish artefakti bilan o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur solishtirishda ishtirok etish O‘zbekistonning akustika yo‘nalishida o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlarini xalqaro darajada e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: ushbu solishtirish, akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi mutaxassislarining Osiyo-tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) “Akustika, ultratovush va tebranish” texnik qo‘mitasi doirasidagi faol ishtirok orqali Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM China) hamda Koreya o‘lchovlar va ilmiy-tadqiqot instituti (KRISS) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.