O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Qashqadaryo filialida zamonaviy laboratoriyalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Qashqadaryo filialida metrologiya sohasini yanada rivojlantirish, hududdagi tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy laboratoriya bazasini mustahkamlashga qaratilgan muhim loyiha amalga oshirildi.
Yangi laboratoriyalarning tantanali ochilish marosimida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov, Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Sh. Murotov, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti rahbariyati hamda institutning 16 ta hududiy filiali rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlarga Qashqadaryo filialida tashkil etilgan yangi laboratoriyalarning imkoniyatlari, zamonaviy jihozlari va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yangi laboratoriyalar faoliyati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bosh metrologi N. Rayimjonov tanishtirdi. U laboratoriyalarda amalga oshiriladigan o‘lchashlar, qiyoslash va kalibrlash ishlari, qo‘llanilayotgan zamonaviy etalon va namunaviy o‘lchash vositalining texnik imkoniyatlari hamda metrologik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda shuningdek, Qarshi davlat texnika universiteti rektori va prorektorlari, Qarshi xalqaro universiteti rektori va professorlari ham ishtirok etishmoqda.