Aniq vaqt

QUANTUM-M SUMMER SCHOOL 2026: kvant texnologiyalari o‘lchashlarda

2026-yil 3–4-sentabr kunlari Toshkent viloyatida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan tashkil etilayotgan “QUANTUM-M Summer School: Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi.


Tadbir O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning yetakchi olimlari, metrologiya sohasidagi ekspertlar, muhandislar hamda tadqiqotchilarni birlashtiradi. Asosiy e’tibor kvant metrologiyasi, atom soatlari, kvant sensorlari, kvant elektr etalonlari, nanotexnologiyalar, sun’iy intellekt va zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalariga qaratiladi.
🌍 Spikerlar orasida AQSh, Chexiya Respublikasi, Tailand va Saudiya Arabistoni mutaxassislari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
📅 3-sentabr — O‘zbekiston milliy metrologiya instituti laboratoriyalari bo‘ylab ekskursiya va ilmiy sessiyalarning ochilishi.
📅 4-sentabr — ilmiy dasturning asosiy kuni.
📅 5-sentabr — O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Fizika va texnologiya institutiga amaliy tashrif.
QUANTUM-M Summer School ilg‘or bilim va tajriba almashish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda metrologiyada kvant texnologiyalarining kelajagini muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
📍 O‘tkazilish joyi: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyonlik, Oqtosh.

⬇️ Axborot anonsi ⬇️

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil